Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

FOYDALANILAMAGAN TA'TILLAR UCHUN QARIYB 50 MILLION SOʻM KOMPENSATSIYA UNDIRILDI


FOYDALANILAMAGAN TAЪTILLAR UCHUN QARIYB 50 MILLION SOʻM KOMPENSATSIYA UNDIRILDI

   Narpay tuman “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro A.Toshmurodov Narpay tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori lavozimidan ozod qilingach, unga 2016-2022-yillar davomida foydalanilmagan yillik mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya pullari toʻlab berilmagan. 

   Bu mazkur maktab maʼmuriyatining tuman adliya boʻlimiga yuborilgan joriy yil 5 sentyabrdagi 113-son xatida ham oʻz tasdigʻini topgan boʻlib, ushbu davr mobaynida maktabning sobiq direktori A.Toshmurodovga foydalanilmagan taʼtillar uchun jami 48 343 008 soʻm miqdorida kompensatsiya pullari toʻlanmagan.

   Fuqaroning ushbu holat yuzasidan tuman adliya boʻlimiga qilgan murojaati oʻrganilganda A.Toshmurodov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 30-iyuldagi 133-K-sonli buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan bekor qilinganligi aniqlandi.

   Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi kerak. 

   Qonun talablaridan kelib chiqib tuman adliya boʻlimi tomonidan koʻrilgan taʼsir choralari natijasida fuqaro A.Toshmuradovga 48 343 008 soʻm miqdoridagi kompensatsiya pullari toʻlab berilishiga erishildi.