Shu maqsadda, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va FHDY organlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishi, korrupsion holatlarni oldini olish borasida alohida nazorat oʻrnatilgan boʻlib, doimiy ravishda joyiga chiqib jamoatchilik va xolis fuqarolarni jalb qilgan holda “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazib kelinadi.
Tadbirlarda “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” talablariga qatʼiy rioya qilish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, har bir murojaat etuvchining murojaatini qonun xujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Joriy yilning oʻtgan davri davomida jami 50 dan ortiq ana shunday nazorat tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan.
Bugungi kunda, viloyatdagi barcha Adliya boʻlimlari Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari binolari toʻliq kuzatuv kameralari bilan jihozlantirilgan boʻlib, ushbu kuzatuv kameralari orqali xizmat koʻrsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Shuningdek, mazkur kuzatuv kameralari BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Adliya vazirligi binosida barpo etilgan “Situatsion markaz” bilan ham bogʻlangan.
Situatsion markaz orqali nafaqat xizmat koʻrsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, balki, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati boʻyicha monitoring qilish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun telegram ijtimoiy tarmogʻida @antikorbot boti, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) ishonch telefoni hamda vazirlik rasmiy veb-saytida maxsus platforma (http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback) yoʻlga qoʻyilgan.
Bularning barchasi tizimda korrupsion holatlarning oldini olish va bunga qarshi murosasiz kurashish, jismoniy va yuridik shaxslarga yanada sifatli xizmat koʻrsatishdir.