Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

OZODBEK TUGʻILGANIDAN 11 YIL OʻTIB HUJJATLI BOʻLDI


Toyloq tumanida yashovchi fuqaro G.Hamroyeva 2012-yilning 22-aprelida oʻgʻil farzandli boʻladi. Ammo maʼlum sabablarga koʻra, bolani tugʻruqxonada emas, uy sharoitida dunyoga keltiradi. 
Shu sabab farzandiga vaqtida tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishga qunt qilmaydi. Oqibatda bolaning tugʻilganligi qayd etilmasdan qoladi. 
Bugungi kunga qadar G.Hamroyevaning oʻgʻli O.Samadov 11 yoshga toʻlgan boʻlishiga qaramay, hech qayerda fuqaro sifatida rasman qayd etilmagan edi. Toyloq tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgach, fuqaroning 11 yillik muammosi qisqa fursatda yechim topdi.     

Murojaat tuman adliya boʻlimi, FHDY boʻlimi va tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida atroflicha oʻrganib chiqilib, tegishli hujjatlar toʻplandi va bolaga 2022-yilning 14-sentyabr kuni tugʻilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Agar sizda ham shu kabi muammolar boʻlsa yashash hududingizdagi Adliya boʻlimlari va FHDY organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Samarqand viloyat adliya boʻlimi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi