Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ADLIYA: ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASI TOʻLANISHI TA'MINLANDI


Narpay tuman adliya boʻlimiga tumanning “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro S.X murojaat qilib, ishdan boʻshatish nafaqasini undirishda yordam soʻragan.  Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Narpay tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan va 2022-yilning 27-aprelida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan.  Narpay tuman adliya boʻlimiga tumanning “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro S.X murojaat qilib, ishdan boʻshatish nafaqasini undirishda yordam soʻragan. Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Narpay tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan va 2022-yilning 27-aprelida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan. Adliya boʻlimi murojaat yuzasidan oʻrganish ishlarini olib bordi. Aniqlanishicha, S.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Samarqand viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining joriy yil 29-apreldagi 163-son buyrugʻiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 2-bandiga asosan bekor qilingan. Ammo mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 109-moddasi birinchi qismiga binoan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan, taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa va u ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiladigan hollarda bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi. Ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar bunda inobatga olinmaydi. Agar xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinsa, xodimga oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi. Yuqoridagilarga asosan Narpay tuman adliya boʻlimi tomonidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdmnoma kiritilib, S.X.ga mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda jami 2 625 550 soʻm ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berishilishi taʼminlandi.