Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

TILGA EʼTIBOR OʻZIMIZDAN BOSHLANADI


TILGA EʼTIBOR OʻZIMIZDAN BOSHLANADI

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va tizim xodimlari uchun kun Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan maʼdaniy-maʼrifiy tadbirdan boshlandi. Tadbirni boshqarma boʻlim boshligʻi O.Muhammadiyev kirish soʻzi bilan boshlab berdi.
Unda mamlakatimizda oʻzbek tiliga qaratilayotgan eʼtibor, jumladan, viloyatimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida soʻz bordi. Shuningdek, boshqarma va tizim xodimlarining davlat tilida ish yuritish, mazkur yoʻnalishda ularning bilim va salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan ishlar eʼtirof etildi.

— Maʼlumki, til millatning bebaho, ulkan boyligi hisoblanadi, — deydi SamDU filologiya fakulteti dotsenti, universitet Ilmiy kengashi kotibi Mardon Boltayev. — U har bir insonning madaniyatini koʻrsatuvchi oyna. Millatning oʻzligi uning tilida namoyon boʻladi. Shuning uchun har bir davlat ishchisi ish yuritishda davlat tiliga amal qilish, uning oʻrni va nufuzini joyiga qoʻyishni oʻzidan boshlashi zarur. Tildagi har bir soʻz inson tafakkurining mahsuli. Shunday ekan, millatning ruhi hisoblangan tilimizni avaylab-asraylik.

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida tashkil etilgan Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan tadbirida soʻzga chiqqanlar ona tilini eʼzozlash har bir insonning muqaddas burchi ekanligini taʼkidlashdi.