Samarqand tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolar bilan “Mahallabay” ishlash mobaynida Samarqand tumani 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi O.G. joriy yilning iyul oyida mehnat taʼtiliga chiqqan boʻlsa-da, ish beruvchi tomonidan taʼtil pullari toʻlab berilmaganligini maʼlum qilib, ariza bilan murojaat qilgan edi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida mazkur maktab rahbariyati haqiqatan ham xodimning mehnat taʼtili pullarini toʻlab berish chorasini koʻrmaganligi, shuningdek, mehnat taʼtiliga chiqish toʻgʻrisidagi buyruqni ham qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirmaganligi maʼlum boʻldi.
Mehnat qonunchiligida belgilangan tartib-qoidalariga amal qilinmaganligi uchun masʼul ushbu maktab direktori M.S.ga nisbatan maʼmuriy taklif rasmiylashtirilib, vakolat doirasida tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga kiritildi hamda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi O.G.ning mehnat taʼtili pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Agar sizning ham huquqlaringiz poymol qilingan boʻlsa, adliya boʻlimlariga murojaat qiling.