Янгиликлар
03
TRANSPORT VOSITASI KIMLARGA MAJBURAN BERILADI?
TRANSPORT VOSITASI KIMLARGA MAJBURAN BERILADI? — Transport vositasining haydovchisi quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishga majburdir: IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xollarda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun; mazkur xodimlar yoʻl-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini shatakka olish uchun (faqat yuk avtomobilidan); kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga. Bunda, transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yoʻl varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib oʻtilgan masofani, oʻz ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yoʻl varaqasi boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibda maʼlumot yoki xabar yozib berishi kerak.