Янгиликлар
04
Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini bilasizmi?
Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini bilasizmi?
Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yilida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Bunda bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi.
Ariza 1 ish kunida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.
Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Arizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.
Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish maktabga kelish talonini beradi.
Oʻquvchi oʻqiyotgan maktab direktori maktabga kelish talonini olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi:
oʻquvchining maktab oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
oʻquvchining tibbiy kartasi.
Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.