Янгиликлар
29
ADLIYA MUNOSABATI
#Adliya_munosabati
Ijtimoiy tamoqlarda adliya xodimlari “Inson va qonun” hamda “Huquq va burch” jurnallariga majburan obuna bo‘lishga undash bilan bog‘liq holat aks etgan xabarlar tarqalmoqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Boshqarma tomonidan mazkur nashrlarga majburiy obuna ishlari tashkillashtirilmagan. Faqat ixtiyoriylik asosida bosma ommaviy axborot vositalariga (gazeta va jurnallarga) obuna bo‘lish tavsiya etilgan. Bu masalada xodimlarning oylik ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida hech qanday topshiriq berilmagan.
Shuningdek, “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnaliga obuna bo‘lish istagini bildirgan xodimlar belgilangan tartibda mazkur bosma nashrlarning tahririyati bilan bog‘lanib, obunani mustaqil ravishda o‘zlari hal etishlari tavsiya etilganligi ma’lum qilinadi.