Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Mini futbol bo‘yicha “Adliya kubogi” uchun musobaqa o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida shahrimiz yoshlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Adliya kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Kattaqo'rg'on shahar Sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada umumta’lim maktablari o‘rtasidagi bosqichda g‘olib bo‘lgan jamolar kubog uchun o'zaro bellashdilar. 
Mazkur musobaqa yosh futbolchilar jamoalari o'rtasida qizg'in bahslar bilan o'tdi.
Musobaqa yakuni bo'yicha sport maktabi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, 2-IDUM maktabi jamoasi 2-o‘rin va 5-maktab jamoasi 3 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, musobaqada eng yaxshi o‘yinchi sifatida ishtirok etgan 2-IDUM maktabi vakili Samandar Aripov “Eng yaxshi darvozabon”, 5-maktab vakili Firdavs Kamolov “Eng yaxshi himoyachi” va sport maktabi vakili Shohijahon Shamsiddinov “Eng yaxshi xujumchi” nominatsiyasiga munosib topildilar.
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlashda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Toir Abdurashidov ishtirok etdilar hamda medal va esdalik sovg‘alarni topshirdilar.
Yosh sportchilarni kelgusida nafaqat shahrimiz, balki viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarida ulkan muvaffaqiyat tiladilar.