Янгиликлар
Boshqarma boshlig'i kengashda axborot berdi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevning 2023-yil 17-fevral kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tadigan
xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasidagi
AXBOROTI
Assalomu alaykum,
Hurmatli raislik etuvchi hamda
Hurmatli deputatlar !!!
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini monitoring qilish, huquq ijodkorligi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Endilikda, “Yangi O‘zbekiston — xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida adliya organlari tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va intellektual mulkning huquqiy himoyasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ushbu sohalarda muvofiqlashgan faoliyatni ta’minlash hamda mavjud ma’muriy tuzilmalarning yaxlit vertikal boshqaruvini o‘z ichiga olgan ma’muriy islohotlar o‘tkazildi.
Yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib,
2022 yil davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash, davlat xizmatlari ko‘rsatish shuningdek, huquqiy targ‘ibot sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
I. Norma ijodkorligi sohasida.
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan Samarqand viloyat hamda tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organlarining 555 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, shundan 455 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, 100 ta qaror loyihasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi,455 ta qaror loyihasi OAV va veb-saytlarda e’lon qilindi, 1637 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari davlat hisobiga olindi.
Hurmatli deputatlar,
Ba’zan ayrim mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ tusdagi qarorlar loyihalari adliya organlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilinmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmoqda.
Natijada, belgilangan oddiy tartibga amal qilinmasligi qonunbuzilish holatlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, hisobot davrida Narpay tumanida 12 ta, Ishtixon tumanida 9 ta va Bulung‘ur tumanida 2 ta normativ tusdagi qarorlar adliya bo‘limlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilinganligi sababli qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Misol uchun, Narpay tuman hokimining 2022-yil
5 sentyabrdagi “Narpay tumani hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, ichki xo‘jalik yo‘llari va markaziy ko‘chalarda fuqarolar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Mustaqillik mahallasida joylashgan 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga sun’iy yo‘l notekisliklarini o‘rnatish to‘g‘risida”gi 306-7-98-Q/22-sonli qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan turib qabul qilingan.
Yoki bo‘lmasa, Toyloq tuman hokimining 2022-yil
29 sentyabrdagi tuman adliya bo‘limi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilingan 298-7-104-Q/22-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi”da Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-noyabrda 2725-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Ko‘chmas mulk obektlariga kadastr yig‘ma jildini tayyorlash Qoidalari” asos sifatida keltirilgan.
Vaholanki, Mazkur qoidalar 2021-yil 28-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Bu kabi kamchiliklarni tizimli ravishda sodir etilishining oldini olish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ tusdagi qaror qabul qilish jarayonida zarur uslubiy va amaliy ko‘mak berilib, qonunbuzilish holati bartaraf etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan hisobot davrida jami 15 640 ta qaror va farmoyishlar, jumladan 8 260 ta (53 %) hokim qarorlari, 4 100 ta (26 %) Kengash qarorlari hamda 3 280 ta (21%) hokim farmoyishlari qabul qilingan.
Tuman (shahar) hokimliklari va kengashlarining “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinayotgan qarorlari va farmoyishlari adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan monitoring qilib borish jarayonida 2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 171 ta qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilinganligi aniqlandi.
Taqqoslash uchun, 2021-yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatgich 340 tani tashkil etgan. (Noqonuniy hujjatlar qabul qilinishi qariyb
1 baravarga kamaydi.)
Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari va kengashlarining qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarini qonunchilikka zid ravishda qabul qilinishini to‘liq bartaraf etish maqsadida barcha qaror va farmoyishlarni hududiy adliya boshqarmalari va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida takliflar Adliya vazirligiga taqdim etilgan.
II. Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida.
Bugungi kunda tuman (shahar) Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan jami 2334 ta, jumladan 1262 ta umumta’lim maktablariga, 743 ta DMTTlariga, 54 ta tibbiyot muassasalariga va 275 ta boshqa davlat organlar va tashkitlotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
Hisobot davrida mazkur Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga jami 304 265 ta, jumladan 215 984 ta buyruqlar va 88 281 tasi shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, mazkur hujjatlarning 258 335 tasiga
(84 %), xususan 184 487 ta buyruqlar va 73 848 ta shartnomalar loyihalariga ijobiy xulosalar berilib, 45 930 tasiga (16%)
(29 770 ta buyruqlar va 16 160 ta shartnomalar) byelgilangan talablarga javob bermaganligi sababli salbiy xulosa berilgan va rad etilgan.
Ta’kidlash lozimki, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuborilgan 1181 ta fuqarolik shartnomalar loyihalari amaldagi qonunchilikka zid ravishda tuzilganligi sababli salbiy xulosa berilib, 8 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘larining noqonuniy sarflanishi oldi olindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
15-apreldagi PQ-208-son qarorida budjet tizimi byudjetlaridan asosiy vositalarni xarid qilish hamda bino va inshootlarni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yil yakuniga qadar to‘xtatish va ushbu maqsadlar uchun joriy yilda rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish yoki 2023-yilga o‘tkazish choralarini ko‘rish belgilangan.
Biroq, Urgut tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 653 200 000 so‘mga avtotransport vositalari sotib olish to‘g‘risida yuborilgan shartnoma loyihasi mazkur qarorga zid ravishda tuzilganligi sababli salbiy xulosa berildi.
Natijada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qaror va buyruq qabul qilinishi kamayishiga erishilmoqda.
Biroq, bu yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida barcha ishlar bajarilganligini anglatmaydi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rstiladigan tashkilotlarga huquqiy xizmat ko‘rsatilishini sifat jihatdan yaxshilab borish maqsadida mazkur markazlarning faoliyati boshqarma tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinib borilmoqda.
III. Huquqni qo‘llash sohasida
Hisobot davrida davlat organlari va tashkilotlarining ish faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi yuzasidan 2121 ta davlat organlari va tashkilotlarida 2499 marta nazorat tadbirlari, xususan 1395 ta monitoringlar va 1104 ta o‘rganish o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish va monitoring natijasida 446 mingdan (446 984 ta) ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Mazkur qonunbuzilish holatlarining 128 847 tasi (29 %) pensiya va nafaqa, 69 885 tasi (16 %) soliq, 49 835 tasi (11 %) ta’lim sohasiga, 31 610 tasi (7 %) mehnat va bandlik sohasiga, 16 773 tasi (4 %) sog‘liqni saqlash sohasiga, 7 437 tasi (2 %) murojaatlarni ko‘rib chiqishda, 3 873 tasi (1%) kommunal masalalar, 3 266 tasi (1%) yuridik xizmat ko‘rsatish, 2 675 tasi yer va uy-joy masalasi, 1 857 tasi imtiyozli preferensiyalarni qo‘llanilishi, 50 tasi bojxona va bank sohasi va 130 894 tasi (30 %)boshqa sohalarga tegishli hisoblanadi.
Qonun hujjatlarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlarining 45 430 tasi (10%) Urgut tumanida,
41 746 (9%) tasi Pastdarg‘om tumanida, 30 082 tasi (7%) Bulung‘ur tumanida aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida 4 389 ta ogohnoma, 3 866 ta taqdimnoma, 3070 ta jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida sudoarga arizalar, 1376 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan, 16 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritilgan.
Natijada, jismoniy va yuridik shaxslarga jami 102 mlrd 969 mln 405 ming 864 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining 2099 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, shulardan 46 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 1354 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka, 2 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, 24 792 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi va to‘xtatildi.
Misol uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi
911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensasiya berish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida viloyat adliya boshqarmasining aralashuvi bilan fuqarolarga jami 6 mlrd 138 mln so‘m miqdoridagi kompensasiya mablag‘lari to‘lab berishi ta’minlandi.
Yoki bo‘lmasa, Urgut EIZda faoliyat yurituvchi “Bekmiz carpet” MCHJ ning murojaatiga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan da’vo ariza Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining
2022-yil 26-avgustdagi qarori bilan qanoatlantirilib, Soliq boshqarmasining 2022-yil 13-iyundagi 20/1-47304-sonli qarori haqiqiy emas deb topildi va mazkur MCHJga nisbatan 5 mlrd so‘mga yaqin asossiz hisoblangan soliq majburiyati bekor qilindi.
IV. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida:
Davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmi, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishga e’tibor qaratilmoqda.
Natijada, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining turlari kun sayin oshib, bugungi kunda ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 250 dan oshdi.
2022 yilda Markazlar orqali jismoniy va yuridik shasxlarga jami
1 million 62 ming 897 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 20,1 foizi, ya’ni 213 ming 899 tasini internet tarmog‘i orqali onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yilga nisbatan (2022 yilda 780 ming 363 ta) 282 ming 534 taga ko‘p xizmatlar ko‘rsatildi.
Markazlar tomonidan 2022 yilda jami 63 414 ta tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (yuridik 10 808 ta, YATT 52 606 ta).
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2021-yilga nisbatan (yuridik 10833 ta, YATT 18 261 ta) jami 34 320 taga ko‘p tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2022 yilda 139 ta fermer xo‘jaliklari, 2 ta dehqon xo‘jaliklari, 10 667 ta boshqa turdagi yuridik shaxslar hamda 52 606 ta yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Viloyatdagi tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risida:
Faoliyat yuritayotgan: |
||
1. |
Yuridik shaxslar |
67 705 ta |
2. |
Jismoniy shaxslar |
68 830 ta |
3. |
Qo‘shma korxona |
263 ta |
4. |
Xorijiy korxona |
126 ta |
E’tiborli jihati, jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli ekanligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari ko‘rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning ta’sirchan tizimi orqali Boshqarma tomonidan o‘tgan davr mobaynida 8 335 ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, mas’ul shaxslarning javobgarlik masalasi hal etildi.
Mazkur qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda:
Kadastr idoralari tomonidan 2 222 ta, gaz ta’minoti korxonalari tomonidan 1 633 ta, suv ta’minoti korxonalari tomonidan 725 ta, elektr ta’minoti korxonalari tomonidan 523 ta, qurilish idoralari tomonidan 643 ta, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 862 ta, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 261 ta, Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan 383 tani tashkil etadi.
V. FHDYO sohasida:
Davlat xizmatlari ko‘rsatish va FHDYO sohasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman:
Birinchi, aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 16 ta tuman(shahar) DXM larida va bank kassalari mavjud bo‘lmagan 8 ta FHDYO bo‘limlarida to‘lov infokioskalari o‘rnatilib, murojaatchilar to‘lovlarni naqd pul yoki plastik karta yordamida binodan chiqmagan xolda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Ikkinchi, 2022-yilning 1-iyulidan boshlab kompozit o‘lim xizmati ishga tushirildi.
Bunda tibbiyot muassasasi mas’ul xodimi o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimga kiritishi natijasida FHDYO bo‘limi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi. Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi.
Uchinchi, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi pulini FHDYO bo‘limi tomonidan ota yoki onaning plastik kartasiga o‘tkazib berish xizmati ishga tushirildi, endilikda fuqarolar suyunchi pulini olish uchun xalq bankiga borib navbat kutmasdan Tug‘ilganlik guvohnomasini olayotgan vaqtda plastik kartalariga utkazib olishlari mumkin.
O‘tgan davr mobaynida FHDYO bo‘limlari tomonidan 112.655 ta tug‘ilganlik, 35.547 ta nikoh (shundan 146 ta nikoh chet el fuqarolari bilan, 105 ta nikoh MDH fuqarolari bilan),
4904 ta nikohdan ajralganlik, 20218 ta o‘lim haqida dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, 2021 yil 1 iyundan boshlab FHDYO bo‘limlari eksterritorial tamoyil asosida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, endilikda fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, tug‘ilish, nikoh, o‘lim va nikohdan ajratishni qayd etish bo‘yicha ma’lumotni istalgan FHDYO bo‘limidan olish mumkin.
Fuqarolik holatlari muddatida qayd etilmagan vaziyatlarning kelishini kutib turmasdan, FHDYO bo‘limlari tomonidan bevosita joylarda ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hisobot davrida viloyatdagi FHDYO bo‘limlari tomonidan mahalallarda uyma-uy yurish va o‘tkazilgan sayyor qabullar, targ‘ibot tadbirlari davomida 1425 nafar o‘z vaqtida tug‘ilishi qayd etilmagan bolalar aniqlanib, ularga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilishi ta’minlandi, shu jumladan Samarqand shahridagi “Sarbadorlar”, “Fidoyilar” va “Sharq” mahallalaridagi 368 nafar lo‘li millati mansub aholi farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi.
Shuningdek, viloyat hokimligi topshirig‘iga ko‘ra, vafot etganligi umuman qayd etilmagan, saylovchilar ro‘yxatida turgan 2181 nafar marhum shaxslarning o‘lim holati hududdagi tegishli hokimliklar bilan hamkorlikda qayd etib borilmoqda.
“Ayollar daftari”da kiritilgan ayollar muammolarining
55 tasi FHDYO bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur muammolarni hal etish maqsadida 49 nafar bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma,
29 nafar shaxslarga nikoh tuzilganligi haqida guvohnomalar berilishi ta’minlandi, 11 ta oilada erning birinchi nikohi bekor bo‘lmaganligi sababli ularni nikohini bekor qilish masalasida sudga murojaat etish tartibi tushuntirildi, 27 ta (4 tasi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar) ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.
Masalan, Ishtixon tuman FHDY bo‘limiga nikohdan ajrashish uchun ariza topshirgan “Yangikent” MFYda yashovchi S.Xolbekov va M.Mardonovalarning oilasi FHDYbo‘limi tomonidan yarashtirildi.
Yoki bo‘lmasa, Payariq tuman, Kultusin mahallasida yashovchi fuqaro G.Shokasimovaning 2020-yilda tug‘ilgan farzandining uy sharoitida tug‘ilganligi haqida tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli tug‘ilganligi qayd etilmasdan qolgan bo‘lib, tegishli hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam berilib, farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berildi.
2022-yil davomida 4904 ta nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu holat 2021-yil davomida rasmiylashtirilgan 4177 ta nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari 727 taga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu borada FHDY organlariga nikohdan ajratish uchun kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, 29 ta oilaviy ajrimlarning oldi olindi.
Shuningdek, barcha FHDY bo‘limlarida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari”da nikohlanuvchi yoshlar uchun har oyda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari, tibbiyot xodimlari, yetakchi psixologlar, huquqshunoslar, jamiyatshunoslar, ma’rifatparvar jamoatchilik va din vakillari jalb etilgan holda maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurslari o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2022-yil davomida 15 660 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida
381 ta kurslar tashkil etildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida, “Mahallabay” ishlash tizimi asosida manzilli va predmetli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Biroq, bu borada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini oilaviy ajrimlar soni ko‘rsatib turganligini ta’kidlashimiz ham adolatdan bo‘ladi.
VI. Huquqiy targ‘ibot sohasida
Samarqand viloyatida adliya organlari tomonidan 2022-yil
davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan jami 38 mingdan ortiq (38 973 ta) targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlarining 16 514 tasi OAV, shundan:
607 tasi televideniye;
1 617 tasi radio;
1 897 tasi gazeta va jurnallarda;
12 393 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali;
20 679 tasi og‘zaki;
1 780 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
16-maydagi VMQ-259-son qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda Notarial palataning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mahallabay” asosida aholining muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida viloyatdagi mahallalarni adliya organlari xodimlari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga biriktirish taqsimoti” ishlab chiqildi.
Mazkur taqsimot asosida viloyatdagi mavjud 1 126 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari 344 nafar adliya tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga biriktirilib, bugungi kunda mazkur xodimlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatgan holda fuqarolarga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga (asosan, huquqiy yordamga) muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Jumladan, o‘tgan davr mobaynida adliya xodimlari tomonidan 600 dan ortiq mahallalarda, uyma-uy yurgan holda 4 460 nafar (shundan 2 338 nafari (53 %) xotin-qizlar) fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan,
581 ta (16 %) – subsidiya, pensiya va nafaqa bo‘yicha;
408 ta (11%) – uy-joy masalasi bo‘yicha;
356 ta (10 %) – mehnat va migrasiya masalalari bo‘yicha;
346 ta (9 %) – tadbirkorlik bo‘yicha;
346 ta (9 %) – yer qonunchiligi bo‘yicha;
321 ta (8 %) – oila va nikoh yuzasidan;
308 ta (7 %) – kommunal to‘lovlar;
257 ta (6 %) – soliq va mehnat qonunchiligi bo‘yicha;
736 ta (20 %) – boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 800 ta murojaatlar qabul qilindi.
Mazkur murojaatlarning 363 ta (45 %) sini turli mazmundagi shikoyatlarni tashkil qiladi.
Qabul qilingan murojaatlarning 689 tasi (86 %) ijobiy yechim topdi. Aniqroq aytganda, shu paytga qadar fuqarolarni qiynab kelgan shuncha murojaat adliya tashabbusi bilan aniqlanib, hal etildi. Qolgan 101 ta (14 %) murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yo‘naltirilgan.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda,
156 tasi (20 %) pensiya va nafaqa;
79 tasi (10 %) yer masalasi;
46 tasi (6 %) oila va nikoh;
106 tasi (13 %) uy-joy;
74 tasi (9 %) mehnat va bandlik;
38 tasi (5 %) tadbirkorlik faoliyatini yuritish;
52 tasi (7 %) kommunal;
46 tasi (6 %) soliq, mehnat qonunchiligi bo‘yicha imitiyozlar;
203 tasi (25 %) boshqa sohalarga tegishli hisoblanadi.
Bundan tashqari, hisobot davrida aholining, shu jumladan xotin-qizlarning, ijtimoiy soha vakilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan quyidagi huquqiy aksiyalari o‘tkazildi. Xususan, 2022 yilning:
fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar uchun dolzarb ikki oy” huquqiy aksiyasi;
mart-may oylarida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi;
may-iyun oylarida “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik aksiyasi;
avgust-sentyabr oylarida “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Birgina, “Xotin-qizlar uchun dolzarb ikki oy” huquqiy aksiyasida 400 nafardan ortiq “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarga manzilli-predmetli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ularga “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarning huquqlari batafsil tushuntirilib, aynan mazkur aksiya doirasida xotin-qizlardan kelib tushgan 300 dan ortiq murojaatlar to‘liq qanoatlantirildi.
Yana bir misol, hisobot davrining mart-may oylarida o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida mazkur soha vakillarining mehnat qonunchiligi, ijtimoiy ta’minot, pensiya va nafaqa bilan bog‘liq huquqiy savodxonligini oshirilishi bilan bir qatorda, ushbu soha vakillarining buzitlgan huquqlari ham adliya organlari tomonidan himoya qilinishi ta’minlandi.
Xususan,mazkur aksiya doirasida sog‘liqni saqlash hamda ta’lim tizimi xodimlari tomonidan adliya organlariga jami 368 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 284 tasi ta’lim tizimiga oid bo‘lsa, 84 tasi sog‘liqni saqlash tizimiga to‘g‘ri kelmoqda. Olib borilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida murojaatlarning 296 tasi qanoatlantirildi.
Shuningdek, aksiya doirasida adliya organlari tomonidan sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga 450 ta taqdimnoma, 480 ta ogohnoma, 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar hamda sudlarga umumiy qiymati 1 mlrd. 411 mln. so‘mlik 265 ta da’vo arizalari kiritildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 1 mlrd 204 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari (ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar) soha xodimlariga undirilib berilishiga erishildi.
Shu bilan birgalikda, noqonuniy bo‘lgan 190 ta hujjat bekor qilinib, 297 nafar shaxs intizomiy, 34 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
Birgina misol, Paxtachi tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro D.Nurmanova Samarqand viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2020-yil 17-sentyabrdagi 267-q-sonli buyrug‘i bilan tumandagi 44-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga ishga tayinlangan bo‘lsa-da, unga 2020-yil oktyabr oyidan 2022-yil yanvar oyiga qadar oylik ish haqlari to‘lab berilmagan.
Fuqaroning ushbu murojaati asosida tuman adliya bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda ham bu o‘z tasdig‘ini topgan va fuqaroning 2020 yil oktyabr oyidan 2022 yil yanvar oyiga qadar to‘lanmagan jami
29 mln. 489 ming 528 so‘m ish haqini undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga kiritilgan ariza fuqaroning foydasiga qanoatlantirildi.
VII. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida
Hisobot davrida intellektual mulk huquqlarining himoya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 3301 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 170 dan ortiq taqdimnomalar kiritilib, 45 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida, 500 tadan ortiq hujjatlarning ijrosi to‘xtatilib, 45 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Misol uchun, boshqarma tomonidan Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillari universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi va uning tuman (shahar) markazlarida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun talablari rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan monitoring natijasida 2000 dan ortiq kitoblarning elektron nusxalaridan foydalanishda mualliflar bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan yoki roziligini olmasdan rasmiy saytlari orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish hamda huquqbuzar shaxslarga nisbatan 17 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, kitoblarning kontrafakt nusxalaridan foydalanishni to‘xtatish va kelgusida sodir etilishini oldini olish maqsadida 20 dan ortiq taqdimomalar kiritildi.
Bundan tashqari, Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya yetilishini ta’minlash va kontrafakt mahsulotlar realizasiyasining oldini olish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan yirik bozorlarning 39 tasida kuzatuv tadbirlari o‘tkazilib, 200 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar katoligi tayyorlanib sotuvchilarga tarqatildi.
Samarqand viloyat adliya
boshqarmasi boshligʻining
birinchi oʻrinbosari O. Shodikulov