Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

HUQUQIY MUAMMOLAR SAYYOR TARZDA O‘RGANILMOQDA


Xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Toyloq, Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolarning ijtimoiy yordam, buzilgan huquqlarini tiklash, bandlik, tug‘ilganlik, nikoh hujjatlari bilan bog‘liq muammolar, sog‘liqni saqlash, pensiya va nafaqa, subsidiya, uy-joy, kredit, soliq va imtiyozlar, tadbirkorlik hamda boshqa sohalarga oid 50 ga yaqin murojaatlari eshitildi.
Shuningdek, adliya bo‘limi va uning tizimidagi Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi xodimlari, pensiya jamg‘armasi, tibbiyot, bandlik, soliq va kadastr idoralari vakillari, advokat va notariuslar tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, qonuniy hal qilish choralari ko‘rildi. 60 nafarga yaqin fuqaroning turli yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi.
Boshqarma boshlig‘i S.Nuriyev har bir murojaatchi bilan ochiq muloqotda bo‘lib, o‘rtaga tashlangan muammoni bartaraf etish choralari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.
Xususan, Pasdarg‘om va Kattaqurg‘on tumanlarida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari O.Shodiqulov va M.Qurbonovlar ishtirokidagi sayyor qabullar jarayonida fuqarolardan 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati shu joyning o‘zida hal qilindi.
Shu yerning o‘zida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish yuzasidan suhbatlar, turli targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.