Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jomboy va Toyloq tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi


Bugun (07.03.2023) Oʻzbekiston Rerspublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari A. Muhammadiyev tomonidan Samarqand viloyatining Jomboy va Toyloq tumanlarida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazildi.
Dastlab, Aktam Muhammadiyev Jomboy tumanidagi “Sag Agro” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib va huquqiy muammolarini oʻrganishdan boshladi. Korxona rahbari, shuningdek, ishchilar bilan suhbatlashdi.
Korxona rahbari Aktam Muhammadiyev bilan muloqot davomida ish faoliyati bilan tanishtirar ekan, duch kelayotgan muammolari, taklif va mulohazalarini oʻrtaga tashladi.
Shundan soʻng tumandagi “Xolvoyi” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 10 ga yaqin murojaat shu joyning o‘zida hal etilib, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 24 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi. Qabul davomida fuqarolarga 8 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Adliya vaziri oʻrinbosarining qabuli Toyloq tumanida davom etdi. Taʼkidlash kerakki, tumanda bugungi kunda 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Albatta ushbu aholi qatlamining ham huquqiy muammolari mavjud. Bu esa tuman xalq qabul xonasi binosida boʻlib oʻtgan qabulda oʻz aksini topdi.
Ushbu sayyor qabulda 152 nafar fuqarolar ishtirok etib, 81 ta murojaatlar shu joyning o‘zida hal etildi, 58 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 13 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun nazoratga olinib ish yurituvga qabul qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolarga 15 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 17 ta fuqarolik holati dalolatnomalari rasmiylashtirilib, 7 nafar fuqarolarga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.
Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib 1 nafar fuqaroga nogironlik qo‘ltiq tayog‘i, 3 nafar fuqaroga tanometr, 3 nafar fuqaroga payvandlash uskunasi, 1 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 1 nafar fuqaroga order va 2 nafar fuqaroga charx uskunasi topshirildi.
Ijtimoiy iqtisodiy sharoiti og‘ir bo‘lgan mahallalarning 5 nafar fuqarolarini ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi hamda 3 nafari bilan shu joyning o‘zida mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi.
Tadbirda kelib tushgan murojaatlarni asosan ijtimoiy koʻmak, bandlik va tibbiy yordam masalalari, meros va egalik qilish huquqi, bank va kredit, tadbirkorlik, uy-joy, nafaqa va pensiya tayinlash, soliq qonunchiligi singari sohalar tashkil qildi. Qabulda ushbu masalalar mualliflari, turli ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarlar va xotin-qizlar manfaatlarini taʼminlash masalasiga eʼtibor qaratildi.
Muloqotlar davomida oʻrganilgan har bir tadbirkorlik subyektlari muammolari alohida roʻyxatga olinib, qonuniy tartibda hal qilinadigan boʻldi. Oʻrganish ishlari bugundan viloyatning har tuman va shaharlarida davom etadi.
SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI