Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi” Samarqandda


Aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida adliya vazirligi tomonidan “Targ‘ibot” poyezdi loyihasi yo‘lga qo‘yildi. 
Bugun targ‘ibot guruhi a’zolari Samarqandga yetib kelishdi. Ular tegishli tashkilotlarda, xususan ta’lim muassasalari, yoshlar faoliyat olib boruvchi yirik korxona va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini olib borishadi. Guruh a’zolari dastlab Samarqand shahridagi 50-umum ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar, o‘quvchilarning ota-onalari va faollar o‘rtasida referendum va yangilanayotgan konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borishdi. 
— Bugungi islohotlar ertangi kunimiz ravnaqi uchun xizmat qilishiga ishonaman, — deydi tadbir ishtirokchisi S.Alisherova. — Ularning amaliyotga tatbiq etilishida esa biz fuqarolar, ayniqsa ota-onalarning ishtiroki ham muhim deb o‘ylayman. Chunki farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi, ajdodlarimizga munosib avlodlar bo‘lib yetishishi, barcha imkoniyat va imkoniyatlardan foydalana olishi uchun ham befarq bo‘lmasligimiz darkor. Bugungi tadbirda mutaxassislar referendum va uning ertangi kunimizda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berishdi. Biz bu yerda olgan huquqiy bilimga tayangan holda albatta referendumda faol ishtirok etamiz.  
Loyiha ertaga samarqanddagi boshqa maskanlarda ham o‘z ishini davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, loyiha respublikaning 14 ta hududida joriy yilning 3-6 aprel kunlari amalga oshiriladi. Pirovard maqsad, ko‘zlanayotgan natija esa aholining, ayniqsa yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va huquqiy madaniyati yanada rivojlanishi, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllangan holda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini tobora ortishiga erishishdir.