Янгиликлар
“Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi” a’zolari tomonidan targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida adliya vazirligi tomonidan “Targ‘ibot” poyezdi loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotlarda, xususan ta’lim muassasalari, yoshlar faoliyat olib boruvchi yirik korxona va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini olib borilmoqda. Guruh a’zolari bugun Samarqand viloyat Yuridik texnikumida va Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib, o‘qituvchi, talabalar o‘rtasida referendum va yangilanayotgan konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borishdi.