Янгиликлар
17
Adliya: Narpayda gʻayriqonuniy ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklandi
Narpay tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro R.Haydarova tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatildi. Afsuski uning dodini hech kim eshitmadi, eshitgisi kelmadi. Chunki fuqaroga nisabatan qoʻllanilgan harakat gʻayriqonuniy edida.
Maʼlum boʻlishicha, tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimining 2022-yil 10-maydagi 6-son buyrugʻiga asosan 56 nafar mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, shu jumladan, yuqoridagi mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga asosan bekor qilingan. Taajjublanarlisi xodimga mazkur buyruq nusxasi hatto berilmagan. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 108-moddasini buzishdir.
Qonunchilikka koʻra, (01.03.22. PF-81-son farmon 7-band) har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis lavozimi oʻrniga xotin-qizlar faoli lavozimi mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlangan holda bir nafardan joriy etilishi belgilangan. Yaʼni, shtat birliklari qisqartirilishi nazarda tutilmagan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasi birinchi qismiga asosan korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilgan, birlashtirilgan, boʻlib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.
Yana ham qizigʻi, 2022-yil 10-mayda qabul qilingan R.Haydarova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq, mazkur buyruqni qabul qilish vakolatiga ega boʻlmagan Narpay tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi tomonidan qabul qilingan. Amaldagi Mehnat kodeksining 107-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi va buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilangan. Oʻrganishlar davomida ish beruvchi tomonidan xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish jarayonlaridan avval amalga oshirilishi shart boʻlgan boshqa harakatlar ham bajarilmaganligi oydinlashdi.
Fuqaroning murojaatidan kelib chiqib Narpay tuman adliya boʻlimi fuqaroni ishga tiklash masalasida sudga daʼvo arizasi kiritdi. Sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 249-253-moddalarini qoʻllab, R.Haydarovani ishga tiklash, majburiy progul kunlar uchun 14 920 957 soʻm ish haqi undirish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimining 2022-yil 10-maydagi 6-sonli buyrugʻining R.Haydarovaga tegishli qismini gʻayriqonuniy deb topdi.