Янгиликлар
18
HARBIYLAR YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA LOYIHASI BILAN TANISHTIRILDI
omboy tumani adliya boʻlimi YXKM xodimlari tomonidan 84112-sonli harbiy qismda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlar yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan o‘zgarishlar hamda ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z bordi.
Shuningdek, yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari ustuvor ahamiyat kasb etib borayotgani, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik, aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlari konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlanayotgani, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’lim sohasiga oid kiritilayotgan yangiliklar ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berildi.