Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Konstitutsiya farovon kelajagimiz poydevori va Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi Davlat siyosati


Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov olib bordi. Tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Muhammadiyev, direktor maslaxatchisi N.Isomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplieans nazorat bo‘limi boshlig‘i O‘.Kadirov, "Kompyuter injiniringi" farulteti dekani O‘.Saidov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar qatnashdi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Muhammadiyev bugungi kunda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar loyihasining huquqiy asoslarini tushuntirib berdi. Ma'ruzachi O‘zbekiston tarixida nechi marta konstitutsiya qabul qilinganligi va bugungi qabul qilinishi kutilayotgan konstitutsiya nimasi bilan avvalgilaridan farq qilishi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Hozirgi o‘zgartirishlar kiritilayotgan Konstitutsiya loyihasiga 220 mingdan ortiq takliflar tushganligi, avvalgi Konstitutsiyaga nisbatan 65% o‘zgarishlar bo‘layotganligi va moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalari esa 400 dan oshayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan umumxalq Referendumida barchani ovoz berishga chaqirdi.

Tadbir davomida O.Muhammadiyev Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi Davlat siyosati borasida ham qilinayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Hozirda jamiyatda korrupsiyaning ikki turi ya’ni, maishiy va elitar turlari mavjudligi, ularga nisbatan murosasiz kurash olib borilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Sohadagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan. Bu boradagi dastlabki qadam test imtihonlarini topshirish jarayonini tartibga solish bilan boshlandi. Barcha jarayon nafaqat davlat organlari, balki keng jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda o‘tadigan bo‘ldi.          Ta’lim sifatini baholash jarayonlarida korrupsion holatlarning oldini olish uchun shaffoflikni oshirishga, zamonaviy AKTdan foydalanib, inson omili ta’sirini kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish choralari ko‘rilgan.

Tadbir davomida filial korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans-nazorat bo‘limi boshlig‘i O‘.Kadirov so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishda jazo muqarrarligini ta’minlash bilan birga, uning oldini olish choralarini ko‘rish juda muhimligi ta’kidladi.