Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mehnat kodeksi – ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat


Mehnat kodeksi – ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat
Pastdarg‘om tuman hokimligida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o'quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Zabibullo Ziyodullayev, hokimlik apparat xodimlari hamda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining asosiy jihatlariga to‘xtalinar ekan 1995-yilda qabul qilingan birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni ta'qiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilangani ta’kidlandi. Shuningdek, davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash va shu kabi boshqa muhim jihatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.