Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

SARHISOB: Faoliyat samaradorligi tanqidiy ko‘rib chiqildi


Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlisda boshqarma tizimidagi tashkilotlar (Adliya boʻlimi, FHDY boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, DXM, FHDY arxivi va Notarial arxiv) rahbarlari bevosita majlislar zalidan, mazkur tuzilmalar xodimlari esa hududlarda tashkil etilgan studiyalardan ishtirok etdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Shodikulov axborot berdi. Kun tartibidan o‘rin olgan keyingi masalalar, boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Murojaatlar bilan ishlash qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, huquqiy xizmatlar, yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyati hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohalarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududlarda kuzatilayotgan tizimli muammolar o‘rtaga tashlanib, mas’ullarga ularni bartaraf etish, kelgusida takrorlamaslik, adliya organlariga tashrif buyurayotgan fuqarolarga zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan Kattaqo'rg'on shahar va Urgut tuman adliya bo'limlari faoliyatini kompleks tekshirish natijalari yuzasidan mazkur adliya bo'limlari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Yig'ilishda o‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar sababli bir nechta tizim xodimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.