Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

"Inson huquqlari oliy qadriyat" aksiyasi doirasida sayyor qabullar dvom etmoqda


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan 30-iyungacha “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi eʼlon qilindi.
Mazkur aksiya doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlari uchun manzilli targʻibot tadbirlariga start berildi. Xususan, Urgut tumanidagi sayyor qabul tuman aholisining murojaatlari tinglandi.
Tumandagi mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qabulda 200 nafardan ortiq fuqarolar qabul qilindi. Ularning 20 tasi adliya ish yurituviga qabul qilinib, 12 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Aksiya davomida qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar, Prezident saylovini tashkil qilish va oʻtkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.