Янгиликлар
Soha mas'ullari ishtirokida seminar tashkil etildi
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2023-yilning 2-iyunidan — 30-iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi e’lon qilingan. Mazkur aksiya doirasida joriy yilning13-iyun kuni Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Samarqand viloyat mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning ijtimoiy himoya qilishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari: muammo va yechimlar” mazusida tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari, Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari va boshqa davlat organlari vatashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrnbosari O. Shodikulov raisligida oʻtgan ushbu tadbirda ijtimoiy sohalar, jumladan aholini tibbiy yordam bilan qamrab olish, ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash va to‘lash, shuningdek mehnat va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qoʻllash bilan bogʻliq tizimli muammo va kamchiliklar hamda ularni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Shu bilan birgalikda,ishtirokchilarga mas’ullar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirilib oʻtildi.