Янгиликлар
23
Toyloqda sayyor qabul o'tkazildi
Inson huquqlari oliy qadriyat huquqiy Aksiya doirasida Toyloq tuman adliya bo'limi boshlig'i S.Chuliyev boshchiligida Toyloq tumani, "Nayman" mahallasida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabulda tuman adliya bo'limi, FHDY, Davlat xizmatlari markazi, Soliq inspeksiyasi va Tibbiyot birlashmasi rahbarlari hamda tumandagi boshqa mas’ul tashkilotlar ishitok etdi.
Sayyor qabulda dastlab fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi hamda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi o'tkazilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida, 25 dan ortiq fuqarolar tinglanib, 14 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va 2 nafari bepul davolanish uchun tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi. FHDY organi va DXM xodimlari tomonidan 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Shuningdek, mahallada og'ir toifadagi ro'yxatda turuvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar o'tkazildi, ularning muammolari bo'yicha tegishli mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.