Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

"MUAMMOM SAYYOR QABULDA HAL BO‘LDI..."


“Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev Samarqand tumani Gulobobod mahallasi 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.Tuman aholisidan asosan kadastr hujjatlarini tayyorlash, uy-joy va mehnat munosabatlari, xususan ishga tiklash, kommunal, subsidiya, aliment, moddiy yordam ajratish singari shu va boshqa sohalarda murojaatlar kelib tushdi.Qabulda fuqarolarning 30 dan ortiq muammolari tinglandi. Mazkur murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va o'rganish talab etiladigan murojaatlar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilinib, nazoratga olindi.Jumladan, fuqaro Orzigul Ravshanova ikki nafar farzandini davlat maktabgacha ta’lim muassasiga navbatga qo‘ygan. Navbati kelguncha xususiy bog‘chaga qo‘yib turgan va shu sabab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish uchun berilgan arizasi ikkinchi navbatda turgan bo‘lsa-da, bekor qilingan. Mazkur masalani huquqiy jihatdan hal etishni so‘rab, boshqarma boshlig‘iga murojaat qildi. Muammo S.Nuriyevning boshchiligida shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.
Qabul davomida Samarqand tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi tomonidan shu joyning o‘zida 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga, aksiya doirasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda Mehat kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar ham olib borildi.
Samarqand viloyatida “Inson huquqlari —oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabullar davom etmoqda.