Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas


Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas
Ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo'shatishi mumkin emas:
Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda belgilanmagan asoslar bilan;
kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);
xodim “bolnichniy”da bo'lganda (ya'ni, kasal bo'lganda), har qanday “otpusk” (ta'til)ga chiqqanida;
xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;
xodim xizmat safarida bo'lganda;
homilador ayollar homiladorlik davrida. 
Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo'pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo'shatish mumkin. SHtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo'shatish mumkin emas.
Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo'llanilmaydi, ya'ni xodim “bolnichniyda”, ta'tilda, xizmat safarida bo'lganda yoki homilador bo'lganda ham ishdan bo'shatilaveradi.