Янгиликлар
Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi
“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra:
2023 yil hosilidan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to'liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
QQSni paxta xomashyosi bo'yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to'lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
2026 yil 1 aprelgacha paxta-to'qimachilik klasterlari va qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari) o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o'z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to'lovchisi hisoblangan qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi;
paxta-to'qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan QQS summasini qishlok xo'jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga to'lab berilganidan so'ng hisobga olishga ruxsat etiladi.
QQSni bo'lib-bo'lib to'lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.
2023 yil 5 sentabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig'ib olish bilan bog'liq ma'lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023-yil 15-sentabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.