Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat uyi faollar zalida mahallalarning “beshligi” ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.


Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat uyi faollar zalida mahallalarning “beshligi” ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

 Unda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829 son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumot berildi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan tuman FHDY bo‘limi mudirasi M.Murtazayeva so‘zga chiqib, qonunchilikdagi belgilangan norma va o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, seminar davomida sohadagi islohotlarning samaradorligida mahalla mas’ullarining har biri burchli ekanligi, ijobiy natija uchun mahalla va keng jamoatchilik hamjihatlikda harakat qilishi zarurligi ta’kidlandi.