Янгиликлар
23
#Amal_qiling
#Amal_qiling
Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:
fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (330 ming so'mdan 990 ming so'mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1 mln 650 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.
Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...