Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

#Bilasizmi


#Bilasizmi 
???? Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensasiya to'lovi joriy etilgan. (https://lex.uz/uz/docs/5840291)▫️Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslar uchun har oylik kompensasiya to'lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (156 ming 150 so'm) to'lanadi.
Shuningdek, yoshi 100 ga to'lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (347 ming so'm) miqdorida qo'shimcha to'lov belgilangan.
Bunda, 100 yoshga to'lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to'lanadigan qo'shimcha to'lov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.
Kompensasiya to'lovi, uni olish huquqiga ega bo'lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ularning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat'i nazar to'lab boriladi.