Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Samarqandda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning V Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi


Samarqandda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning V Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. 

⏰ Vaqti va sanasi: 23—24-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.

???? Manzil: Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, Mo‘ljal: Registon maydoni yonida. (Sobiq "Yo‘lbarslar xiyoboni") 

Yarmarkada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotuvga qo‘yiladi. Bu nogiron va og‘ir xastalikka chalingan bolalarning qo‘l bilan yaratgan dunyolari, rasmlari, buyumlari, umidlari va orzulari. Ularni sotib olib, bolalarga lahzalik quvonch, ota-onalarga dori-darmonga arzimagan yordam, yurakka ozgina taskin berish imkoningiz bor.

Shuningdek, san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar kutmoqda.