Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda qulaylik yaratiladi


Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizomga qo'shimchalar kiritildi
Unga ko'ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo'nalishlari bo'yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko'ra “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo'lga ko'yiladi.