Янгиликлар
13
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
Bugun (13.02.2024) “Buyuk ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarini o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” nomli tadbir o‘tkazildi.
Samarqand viloyat yuridik texnikumi va Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi oʻquvchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshligʻi J.Nuritdinov va Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S. Nuriyev tomonidan mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amaliy oshirilayotgan huquqiy islohotlar toʻgʻrisida, shuningdek yuridik oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga va adliya organlariga ishga kirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.