Янгиликлар
03
HUQUQIY AXBOROT KUNI
HUQUQIY AXBOROT KUNI
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tuman (shahar) larida mahalla yoshlari uchun ochilgan 16 ta mahallalardagi kutubxonalarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularda milliy qadriyat va an’analarga hurmat, vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Jumladan Bulungʻur tumani “Samarqand” mahallasida ochilgan kutubxonada tashkil etilgan huquqiy va ma’anaviy-ma’rifiy tadbirda yoshlarga respublikada amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, yoshlarga yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berilib oʻtildi.
Ta'kidlash lozimki, ushbu kutubxonalarning kitob fondini yanada boyitish maqsadida kutubxonadagi kompyuterlar A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonadan online ro'xatdan o'tkazilib, yoshlarga 40 000 dan ortiq kitoblarni elektron tarzda o'qish imkoniyati yaratilgan.