Янгиликлар
SAMARQANDDA “BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH” HUQUQIY AKSIYASIGA START BERILDI
Narpay tumani adliya bo’limi tashabbusi bilan mazkur huquqiy aksiyasi doirasida A.Navoiy mahallasida yashovchi yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi yoshlarning huquqlarini himoya qilish borasida qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. Sayyor qabul tarzida o‘tgan uchrashuvda yigit-qizlarning o‘y-tashvishlari, muammolari va takliflari ham tinglandi. Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi, ishga joylashishda yoshlarga yaratilgan imtiyozlar, bepul kasb-hunar o‘rganish, adliya organlariga ishga joylashish,uy-joy, tadbirkorlik va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari, fikr-mulohazalari, savollari shular jumlasidan. Ko‘plab murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolganlari tegishlicha tashkilotlar rahbarlariga qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmasligi, uning nazorati qat’iy olib borilishi ta’kidlandi.