Янгиликлар
12
Huquqiy targ'ibot kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotida huquqiy muammolarini aniqlanash va bartaraf etish choralarini ko'rish adliya organlarining vazifalarining biri hisoblanadi.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Payariq tuman adliya boʻlimi YXKM tomonidan tumanning “G'oyibota” va “Xo'jaobod” mahallalarida uyma-uy yurgan holda aholi huquqiy muammolari oʻrganilib, ularga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.