Янгиликлар
14
Adliya vaziri oʻrinbosari xizmat safari bilan Samarqandda
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari xizmat safari bilan Samarqandda
Adliya vaziri oʻrinbosari Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.
Muzraf Ikramov xizmat safarining ilk kunida Samarqand shahridagi Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat fondi va "Doʻstlik uyi" faoliyati bilan tanishdi. Viloyatda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari masʼullari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarini, masalalarini oʻrgandi. Ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Soha vakillarining taklif va mulohazalarini koʻrib chiqdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat fondi va "Doʻstlik uyi" rahbari Doston Malikov ajratilayotgan grantlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish, yurist shtati ajratish taklifini ilgari surdi. Tadbirda qatnashgan soha vakillari NNT va fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahalla, davlat idoralari bilan aloqalarni mustahkamlash, subsidiya, grantlar ajratish, hisobotlarni soddalashtirish hamda soha rivojiga xizmat qiluvchi boshqa imkoniyatlar yuzasidan takliflarni bildirdi.
Muloqot davomida M.Ikramov NNT vakillariga sohani rivojlantirish, jamiyatda ularni rolini oshirish hamda soha xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan rejalashtirilayorgan ishlar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Vazir o‘rinbosari bugun viloyat yuridik texnikumi, "Obod maskan" mahallasida ishga tushgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi infokiosk faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, notariuslar va yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashadi.