Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya organlarida bir kun



Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Maqsud Qurbanov Bulungʻur tuman adliya boʻlimida boʻldi. 

Dastlab, adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda FHDYO boʻlimlaridagi ish jarayonlari koʻzdan kechirildi. Xodimlar, fuqarolarning sohaga doir fikrlari, takliflari, koʻzga tashlanayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan mulohazalari tinglandi. Boʻlim faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlar, rajalar yuzasidan maʼlumot va tavsiyalar berildi. 

Shundan soʻng, S.Sattarov va M.Qurbanov “Amir Temur” mahallasida boʻlib, mahalla yettiligi va aholi bilan muloqotda boʻldi. Fuqarolarning huquqiy masalalarini bartaraf etishda adliya organlarining oʻrni boʻyicha maʼlumotlar berdi. Fuqarolar Aliboy Pirnazarov hamda Norgul Umarovalarning pensiya bilan bogʻliq murojaatlarini qabul qildi.  

Boshqarma rahbariyatining hududlardagi adliya organlariga tashrifi fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlarning aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoni, bu boradagi mavjud muammolarni joyida oʻrganish, xalq bilan, xususan tizim xodimlari bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq va bu shunchaki rejada qolib ketayotgani yoʻq.