Янгиликлар
Seminar o'tkazildi
"Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish" mavzusida seminar yig’ilishi o’tkazildi
Seminarda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, Adliya boshqarmasi mutasaddilari qatnashdi.
Yig'ilishda o‘tgan davr mobaynida hokimlik va tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsion jinoyatlarning sodir etilishiga ham to‘xtalib o‘tildi hamda sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlari haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari tomonidan ushbu yo'nalishdagi firibgarlik holatlari keskIn oshib borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi pul bilan bog'liq yoki boshqa turdagi moddiy manfaat keltiruvchi sohta aldovlarga ishonmaslik, firibgarlar tomonidan yuborilayotgan ilovalarga qo'shilmaslik va ularni boshqa tanishlarga ham yubormaslik yuzasidan tushunchalar berildi.