Янгиликлар
15
Adliya vaziri xizmat safari bilan Samarqandda. Xizmat safari "Konigil" mahallasi "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvdan boshlandi.
Adliya vaziri xizmat safari bilan Samarqandda.
Xizmat safari "Konigil" mahallasi "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvdan boshlandi.
Uchrashuvda vazir aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bog‘liq vazifalarga to‘xtaldi. "yettilik"ning savollariga batafsil tushuntirishlar berdi.
Shundan so‘ng, Samarqand tumanidagi adliya organlari rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida suhbatda bo‘ldi.
Xususan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Ozod Shodiqulov aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha viloyatda bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.
Vazir bu boradagi hech bir masalani e'tibordan chetda qoldirmadi. Mas'ullar bilan aholi muammolari va ularni yechimiga aloqador jarayonlarni keng muhokama qildi, takliflarni eshitdi. Mahalla binosida foydalanishga topshirilgan interaktiv infokiosk ish jarayoni bilan tanishdi. Fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning muammolarini tingladi.