Янгиликлар
АДЛИЯ САЙЛИ ЎТКАЗИЛДИ
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahrida "Adliya sayli" o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turli soha vakillari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
"Sayyor qabul" ko‘rinishida fuqarolarning muammolariga yechim izlandi.
Shuningdek, FHDY, notariat va boshqa turdagi 100 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi, malakali huquqshunoslar tomonidan 50 dan ortiq fuqarolarga bepul huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berildi.
Volontyorlar tomonidan 300 ga yaqin buklet va flayerlar tarqatish barobarida “Street law” va “Online xizmatlar” afzalliklari targʻib qilindi.
Tadbir davomida milliy kashtachilik, kulolchilik buyumlari, gilam mahsulotlari, qoʻlda ishlangan mahsulotlarning yarmarkasi ham boʻlib oʻtdi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati!