Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Aholini hisobga olish davri nima?


Aholini ro‘yxatga olish aniq bir muddatda o‘tkaziladi. Bu tadbir odatda 10-12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini ro‘yxatga olish davridan qat’iy nazar aholini ro‘yxatga olish birinchi kuni soat 00:00 daqiqa holati bo‘yicha qayd etiladi.

Misol uchun chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholini ro‘yxatga olish tadbirida ro‘yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro‘yxatga olinadi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ishtirok etishishi mumkin degan savolga javoban;

Aholini ro‘yxatga olishga yoshidan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo‘yicha o‘zi bo‘lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning ma’lumotlari uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zosi tomonidan ma’lum qilinadi. Vasiylik va homiylikkka olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida ma’lumot beradilar.

Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi degan savolga to‘xtalsak;

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlar “ijtimoiy himoya”, “investetsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakillantirish mumkin.

Aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.