Янгиликлар
11
Onlayn o'quv seminari
#Ҳуқуқий_тарғибот_куни
Urgut tuman adliya bo’limi Yuridik xizmat k'rsatish markazi tomonidan “Huquqiy targ’ibot kuni” doirasida Urgut tumanidagi 154 ta umumta'lim maktablarining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida onlayn o'quv seminari o’tkazildi.
Tadbirda Prezidentning joriy yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi 204-son qarori, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 30-avgustdagi 288-son buyrug‘i mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Maktablarda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartiblari tushuntirilib, ishtirokchilarning savollariga huquqiy javoblar berildi.