Янгиликлар
“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz” shiori ostida xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz” shiori ostida xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat Yoshlar markazida xotin-qizlar uchun davra suhbatlari tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida mutasaddilar tomonidan talaba-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, unda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda nikoh qurish, uning tartibi, oilada taraflarning huquq va majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlar tomonidan ishtirokchiklarga “Muvaffaqiyat sirlari – yoxud mening hayot yoʻlim” mavzusida ma’ruzalar qilindi.