Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAMARQANDDA "KONSTITUTSIYA KO'CHASI" TANTANALARI


Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqasadida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
"Konstitutsiya ko‘chasi" huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan viloyat adliya boshqarmasi va boshqa davlat organlari va tashkilotlari, oliy ta'lim muassasalari tomonidan Konstitutsiyaga oid qonun ustuvorligini anglatuvchi ko'rgazmalar bilan bezatildi.
Mazkur ko'chada tashrif buyuruvchilarga Samarqand viloyat adliya boshqarmasining yuridik texnikum o'quvchilaridan iborat "Adliya qanotlari" jamoalari Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan tayyorlangan targ'ibot materiallari tarqatildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev tashrif buyurib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan batafsil tanishdi.