Янгиликлар
16
"Samarqand" — huquqiy mahallada huquqiy xizmatlar ko‘rsatildi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Pastdarg'om tuman “Samarqand” mahallasidagi 21-umumta'lim maktabida mahalla fuqarolari uchun “xizmatlar ko‘rsatish kuni” tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosariO. Shodikulov tomonidan 40 dan ortiq fuqarolarning huquqiy muammolari eshitilib, 19 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi. 18 nafar fuqaroning fuqarolik holati hujjatlariga o'zgartirish kiritish, elektron hukumat tizimidagi xatoliklarni barataraf etish, soliq, kommunal xizmatlari bilan bog'liq muammolari joyida hal qilindi. 23 nafar fuqaroga davlat xizmatlari, notarial, FHDY xizmatlari ko'rsatildi. 35 nafar fuqaro tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.