Янгиликлар
01
Ishtixonda fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy muammolari mavjud fuqarolar aniqlanib, tegishli tartibda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi davom etmoqda.
Xususan, Ishtixon tuman FHDY bo‘limi tomonidan mahallalardagi o‘rganishlarda fuqaro Sardor Baratovning 2023-yilda tug‘ilgan farzandining tug‘ilganlik guvohnomasi bilan bog‘liq hujjatlarda muammosi mavjudligi ma'lum bo‘ldi. Zarur hujjatlar to‘planib, qonun doirasida fuqaroning farzandiga otalik belgilanib, tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.
Aksiya doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.