Янгиликлар
02
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
Bulung’ur tuman FHDY bo’limi va Oila va xotin-qizlar bo’limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kursining navbatdagi o’quv darslari tashkil etildi.
O’quv darslari davomida Bulung’ur tuman FHDY bo’limi mudirasi G.Bahritdinova, hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i N.Mamadiyarova, tuman otinoyisi I.Ravshanova tomonidan yosh oila quruvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’g’risida tushunchalar berildi.
Dars yakunida oila qurayotgan yoshlarga sertkfikatlar taqdim qilindi.