Янгиликлар
07
#Ochiq_muloqot #Huquqiy_targibot_kuni
#Ochiq_muloqot #Huquqiy_targibot_kuni
Asli tojikistonlik, lekin shu mahallaga kelin bo‘lib tushganiga 20 yildan oshgan fuqaro Mavjuda Odinayeva bugungacha fuqaroligi yo‘qligi, pasport ololmay sarson bo‘layotganini ma’lum qildi. O.Shodiqulov mazkur masalani boshqarma tomonidan tegishli idoralar bilan ko‘rib chiqilishini aytdi.
????“Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Toyloq tumani Davlatobod mahallasi aholisi bilan ochiq muloqotda fuqarolarning ana shunday huquqiy muammolari tinglandi.
▫️Tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Ozodjon Shodiqulov, tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirok etib, hudud fuqarolarining huquqiy muammolari, murojaatlari o‘rganildi. Mahalla yettiligi bilan muloqotda huquqiy muammolar bilan ishlashda “Adliya burchagi”, “Mahalla yordami” telegram boti afzalliklari tushuntirildi.
Dastavval o‘zboshimchalik bilan egallangan yer va binolarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayoni, Prezidentning joriy yil 2-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berildi. Shundan so‘ng, fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilib, 20 ta murojaat qabul qilindi.
????Qabulda kelib tushgan murojaatlarning 10 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish berilib, 2 tasi ijobiy yechim topdi. Qolgan qismi ijro uchun nazoratga olindi. Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, bepul tibbiy ko‘rik, mahalla aholisi va yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari burchagi tashkil etildi. O.Shodiqulov xonadonlarga borib hududdagi keksa va bemor fuqarolarni ham murojaatlarini o‘rgandi.