Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda


#Bepul_huquqiy_maslahat_bilan_har_bir_uyga

"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda

Samarqand tuman adliya bo‘limi, YXKM, Davlat xizmatlari markazi, FHDY xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida eng chekka hudud hisoblangan "Ipakchi" mahallasida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida uyma-uy yurib mavjud muammolarni aniqlash va bu borada bepul huquqiy maslahat berish yuzasidan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda huquqiy muammolari mavjud, huquqiy maslahat va yordamga muhtoj fuqarolar bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat asosida aholiga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, energiya tejamkorligi va ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Bundan tashqari, mahalla hududidagi umumta’lim maktablarida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan turli mavzularda suhbat uyushtirildi.

Sayyor qabul tashkil etilib, “Ipakchi” va “Mirishkor” mahallalari fuqarolarining 20 dan ortiq huquqiy murojaatlari tinglandi. Xususan, fuqarolar Sh.Hamrayeva va S.Rustamova meros ishiga oid muammosini ma'lum qilgach, mutaxassislardan huquqiy maslahat olish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, "Mahalla yordami" telegram boti, "online-mahalla", "mahalla-adliya" elektron platformalaridan samarali foydalanish, mahallada jinoyatlarning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.