Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Imkoniyati cheklanganlarga imkoniyat: Pasportlar sayyor rasmiylashtirildi


“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi huquqiy aksiyasi” shaxsiga doir hujjatlari bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda. 

Payariq tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi tomonidan joylarda ana shunday o‘rganishlarda Fitrat mahallasida yashovchi Arziqul Baratov, Uymovut mahallasida yashovchi fuqarolar Valijon Ravshanov va Daniyar Saburov, Yangi hayot mahallasida yashovchi Munisa Shukrullayeva, Bunyodkor mahallasida yashovchi Farhod Narimanov hamda Farovon mahallasida yashovchi Xurshid Norqulov imkoniyati cheklanganligi sababli vaqtida pasportini almashtira olmagani aniqlandi. Bu esa ularga ayrim imtiyozlardan foydalanishda bir qator muammolarni tug‘dirib kelgan.    

▫️Tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda ularni xonadonlariga borilib, sayyor tarzda ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasportiga doir hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolarni tegishli tartibda suratga tushish jarayonlari amalga oshirildi.